“Barselona”dan navbatdagi gʻalaba
Bugun, 22-noyabr kuni Ispaniya La Ligasining 13-tur uchrashuvlari start oldi. Turning markaziy bahslaridan birida “Barselona” oʻz maydonida “Atletik Bilbao” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvdagi hisob 4-daqiqadayoq ochildi. Robert Levandovski mavsumdagi sakkizinchi goliga mualliflik qildi.
Birinchi taymga qoʻshib berilgan daqiqalarda Ferran Torres farqni ikki pogʻonaga oshirdi. Shu tariqa ilk boʻlim “Barselona”ning 2:0 hisobiga ustunligi bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlim boshida, 48-daqiqada Fermin Lopes mezbonlarning uchinchi golini kiritdi. Oʻyinning soʻnggi daqiqalarida esa Ferran Torres oʻzining ikkinchi golini urib, dublini rasmiylashtirdi. Bu — futbolchining joriy mavsumdagi ikkinchi dubli hisoblanadi.
Natijada “kataloniyaliklar” uchrashuvni 4:0 hisobida yirik gʻalaba bilan yakunlashdi. Ushbu natija orqali Hans Flik shogirdlari vaqtinchalik La Liga jadvali peshqadamligiga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, “Barselona” jamoasi keyingi oʻyinini Chempionlar Ligasi doirasida “Chelsi”ga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring