“Barselona” Ispaniya Superkubogi sohibi
Kecha, 11-yanvar kuni Ispaniya Superkubogining final oʻyini boʻlib oʻtdi. Saudiya Arabistonida tashkil etilgan ushbu turnir finalida “Barselona” klubi “Real Madrid” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 3:2 hisobida Kataloniya jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Xans Flik jamoasidan Rafinya (2 ta) va Robert Levandovski mualliflik qildi. “Real Madrid”ning javob gollari esa Vinisius Junior va Gonsalo Garsiya hisobiga yozildi.
Oʻyindan soʻng “Barselona” futbolchisi Rafinya musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Taʼkidlash joizki, ushbu futbolchi oʻtgan yilgi finalda ham “man of the match” sovrinini qoʻlga kiritgan edi.
Shu tariqa, “Barselona” jamoasi oʻz tarixida 16-marta Ispaniya Superkubogini qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring