Barcha sektorlarga chiptalar narxi 40 ming soʻm

12:23 09 Mart 2026 Sport
486 0

Oʻzbekiston Superligasining 3-turidan oʻrin olgan Fargʻonaning “Neftchi” va Andijonning “Andijon” klublari oʻrtasidagi oʻyin uchun chiptalar narxi maʼlum boʻldi. Bu haqda “Neftchi” klubining matbuot xizmati xabar berdi.

“Ayni paytda “Istiqlol” stadioni kassalarida ertaga boʻlib oʻtadigan vodiy derbisi uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Ularning narxi 40 000 soʻm etib belgilangan. Chiptalarning qoʻlga chiqib ketmasligi hamda sunʼiy ravishda narxlarning oshirilishi holatlarining oldini olish maqsadida muxlislarimizdan chiptalarni faqat rasmiy savdo nuqtalaridan xarid qilishlarini soʻraymiz”, — deyiladi klubning rasmiy sahifasida.

Maʼlumot uchun, Superliga 1-turidan oʻrin olgan “Neftchi” — “Mashʼal” oʻyini uchun chiptalar 70 ming soʻmdan sotilgan va bu holat fargʻonalik muxlislarning eʼtiroziga sabab boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?