​​​​​​​Bayram munosabati bilan qoʻshimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi

17:51 19 Mart 2026 Jamiyat
306 0

Ramazon hayiti hamda Navroʻz umumxalq bayrami davrida yoʻlovchilarni oʻz manzillariga xavfsiz yetib borishlarini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha poyezd qatnovlari tashkil etilmoqda. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 19 – 25-mart kunlari aholi talabini qondirish uchun jami 25 000 ta qoʻshimcha yoʻlovchi oʻrini yaratiladi.

Jumladan, qoʻshimcha “Afrosiyob” reyslari:

19 – 21-mart kunlari (6 ta reys)

  • Toshkent — Samarqand — Toshkent yoʻnalishida;

19, 20, 21, 22, 23 va 25-mart kunlari

  • Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha qatnovlar yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, 19 – 25-mart kunlari quyidagi yoʻlovchi poyezdlarga 4 tadan qoʻshimcha vagonlar ulanadi:

  • “Toshkent – Xiva – Toshkent”
  • “Toshkent – Shovot – Toshkent”
  • “Toshkent – Qoʻngʻirot – Toshkent”
  • “Toshkent – Termiz – Toshkent”
  • “Toshkent – Buxoro – Toshkent” (Sharq)

Qoʻshimcha ulanadigan vagonlar orqali 21 500 nafar yoʻlovchi tashilishi rejalashtirilgan. Chiptalarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rasmiy sayti, mobil ilovasi hamda temir yoʻl kassalaridan xarid qilishingiz mumkin boʻladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер