Avstraliyadan gʻalaba, Iroqdan durang
Kecha, 8-yanvar kuni Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasining 1-tur oʻyinlari yakunlandi.
“D” guruhining dastlabki oʻyinida Avstraliya U-23 terma jamoasi Tailand termasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv “sokkeruz”ning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan Mateus Mak Allister va Itan Alagich mualliflik qildi. Tailand termasining yagona javob goli esa Sitra Bunixa hisobiga yozildi.
Guruhning ikkinchi oʻyinida Iroq U-23 terma jamoasi Xitoy termasi bilan bahslashdi. Oʻyin 0:0 hisobidagi durang natija bilan oʻz nihoyasiga yetdi.
Bugun musobaqaning ikkinchi tur oʻyinlari start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring