Atom energetikasi sohasidagi vakolatli organ belgilanmoqda
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning 12-yalpi majlisida “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Bugungi kunda butun dunyoda aholi va sanoatda elektr energiyasiga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda. Ekspertlarning fikricha, Oʻzbekistonda iqtisodiy taraqqiyot, aholi soni va turmush farovonligining oʻsishi natijasida elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj 2030-yilga kelib 120-125 milliard kVT soatga yetadi.
Mamlakatimizda Prezidentimizning mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga va yangilarini tashkil etish boʻyicha olib borayotgan faol investitsiya siyosati, shuningdek, aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar yildan-yilga ehtiyoj ortib borayotgan energiya resurslarini ishonchli manbalar bilan taʼminlashni talab qilmoqda.
Atom energetikasini rivojlantirish Oʻzbekistonning barqaror energetika tizimini yaratish, sanoatni rivojlantirish va mintaqaviy taraqqiyot uchun muhim omildir. Katta va kichik reaktor bloklarining uygʻun faoliyati tarmoq barqarorligini taʼminlab, qayta tiklanuvchi manbalarni samarali integratsiyalash imkonini beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi qayta tashkil etilib, kengaytirilgan ustuvor yoʻnalishlar, vazifa hamda funksiyalarga ega boʻlgan va toʻgʻridan-toʻgʻri Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiritilgan Atom energiyasi agentligining faoliyati samarali tashkil etildi.
Mazkur Qonun atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida samarali va xavfsiz foydalanish, davlat organlari vakolatlarini aniqlashtirish, sohadagi huquqiy bazani xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Qonunda atom energiyasi sohasidagi vakolatli organi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi belgilab qoʻyilmoqda. Davlat organlarining vakolatlari va javobgarligi ham mustahkamlanmoqda.
Senatorlarning fikricha, Qonunning qabul qilinishi atom energiyasi sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga, mamlakatimizda yadro xavfsizligi va radiatsiya muhofazasini taʼminlashga hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mamlakatimizning yadro xavfsizligi boʻyicha nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring