“Arsenal” Angliya Liga kubogi yarim finaliga yoʻl oldi
Kecha, 23-dekabr kuni Angliya Liga kubogi musobaqasining soʻnggi chorak final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Premyer-liga yetakchisi “Arsenal” jamoasi oʻz maydonida “Kristal Pelas” klubini qabul qildi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Dastlab, mehmonlar himoyachisi Lakrua oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. 90+5-daqiqada esa Mark Gexi hisobni tenglashtirdi.
Penaltilar seriyasida omad mezbonlarga kulib boqdi. Futbol lotereyasi 8:7 hisobi bilan yakunlandi. “Arsenal” futbolchilaridan birortasi ham 11 metrlik jarimadan adashmadi. Mehmonlar safida esa oʻyinda oʻz darvozasiga gol urgan Lakrua hal qiluvchi zarbani aniq ijro eta olmadi.
Shu tariqa, Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa musobaqaning yarim finaliga yoʻl oldi. Ushbu bosqichda “Arsenal”ga yana bir hamshahari — “Chelsi” raqiblik qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring