Argentinada ikkita poyezd toʻqnashib ketdi
Argentinaning Buenos-Ayres shahrida poyezdlar toʻqnashib ketdi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.
Manbaga koʻra, Retiro hududidan Pilar munitsipalitetiga ketayotgan yoʻlovchi poyezdi temiryoʻlni taʼmirlash uchun materiallar olib ketayotgan lokomotivga borib urilgan. Hodisa oqibatida kamida 100 kishi jarohatlangan, 30 kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Buenos-Ayres maʼmuriyati rahbari Xorxe Makrining soʻzlariga koʻra, 60 kishiga yordam koʻrsatilgan. Shuningdek, u yaradorlarni 40 daqiqada evakuatsiya qilish mumkinligini qoʻshimcha qildi. Ikki nafari vertolyotda shifoxonaga yetkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring