AQSH endi Yevropa xavfsizligini subsidiya qila olmasligini bildirdi

11:29 30 Aprel 2025 Dunyo
179 0

Illyustrativ foto

33 trillion dollarlik davlat qarzi bilan AQSH endi Yevropa davlatlarining xavfsizligini subsidiyalashga qodir emas. Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Mayk Uolts “The New York Post” gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

U, shuningdek, ayrim davlatlar, xususan Norvegiya va Finlyandiya mudofaa xarajatlarini oshirishga tayyorlanayotganini, Ispaniya, Kanada va Italiya esa bunga kam investitsiya yoʻnaltirayotganini taʼkidladi.

Uoltsning taʼkidlashicha, AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Yevropani harbiy va diplomatik jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi, biroq ittifoqchilardan “oʻz ulushlarini toʻlashini” talab qiladi.

Avvalroq Uolts “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Donald Tramp Ukraina mojarosiga barham berishga va bunga erishish uchun Rossiya va Ukrainaga kerakli bosimni oʻtkazishga qaror qilganini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер