O‘zbekiston va Vyetnam «Angren» EIZ hududida qiymati 125 mln dollarlik yirik zavod qurishni rejalashtirmoqda
Arxiv foto
O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov kecha «Mareven Food Holdings» (Vyetnam) kompaniyasi direktori Nguyen Duong bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma’lumotiga ko‘ra, «Mareven Food Holdings» qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish bo‘yicha loyihalarga sarmoya kiritish sohasida faoliyat yuritadi. Kompaniyaning xalqaro portfeliga «Rollton», «BIGBON», «Mareven Professional Food», «Petra», «Actibo» brendlari kiradi.
Uchrashuvda 125 million dollarlik tez tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, quritilgan sabzavotlar, chipslar ishlab chiqaradigan yirik zavodni qurish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar atroflicha muhokama qilindi. Loyiha Toshkent viloyatidagi «Angren» erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilib, 800 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Muzokaralar chog‘ida vyetnamlik hamkorlar kompaniya mahsulotlarini qabul qilish va O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlariga tarqatish maqsadida Toshkent viloyatida logistika markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning joriy holati haqida ham so‘zlab berdi. O‘zbekiston tomoni kompaniyaning mamlakatimizdagi sarmoyaviy tashabbuslarini amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda «Mareven Food Holdings» kompaniyasining ishlab chiqarish va logistika ob’yektlarini ishga tushirish va yangi ish o‘rinlari yaratishni nazarda tutgan holda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yuzasidan hamkorlik qilish tartibini kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring