Andijonda chigit ekish mavsumi boshlandi
Andijon viloyatida bahor fasli aynan Boʻston tumanidan boshlanadi. Bunga u hududning janubiy qismida joylashganligi sabab. Shu bois dehqonchilik ishlariga ham ilk bor shu manzildan kirishiladi. Misol uchun, ayni paytda “Oʻzbekiston” massivida chigit ekish ishlari olib borilmoqda.
— Bu yil tumanimiz paxtakorlari 4 ming gektar maydonda sanoat xom ashyosi yetishtirishga kirishgan, — deydi tuman hokimi Sanobarxon Nosirova. — Ajratilgan yer maydonlariga toʻliq xorijiy gʻoʻza navlari ekilayotgani eʼtiborli. Shuningdek, 100 gektar maydonda Hindistondan keltirilgan yangi nav sinov tariqasida ekib koʻrilmoqda. Chigit ekish ishlari zamonaviy agrotexnologiyalar asosida, plyonka ostiga ekish orqali amalga oshirilmoqda. Bu usul namlikni saqlash, yer haroratini barqarorlashtirish va hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yilda Andijon viloyati boʻyicha 60 ming gektar maydonda gʻoʻza parvarishi rejalashtirilgan. Shundan 48 ming gektariga xorijiy, 12 ming gektariga esa mahalliy navlar ekiladi. Mutasaddilar tomonidan 313 ming tonna paxta hosilini yigʻib olish maqsad qilingan.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring