Andijonda “Captiva-2” agʻdarilib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida “Captiva-2” avtomobili agʻdarilib ketgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, ushbu holat 2026-yil 23-yanvar kuni soat 13:10 larda, Andijon shahar “Bogʻishamol” MFY hududidagi Bogʻi Bobur bogʻiga olib boruvchi adirlik yoʻlida sodir boʻlgan.
2005-yilda tugʻilgan haydovchi M.E. oʻzining “Captiva-2” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yoʻlning holatini inobatga olmasdan xavfli burilish joyida keskin tormoz berishi oqibatida, transport vositasi sirpanib ketib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va agʻdarilib ketgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan. Transport vositasiga esa moddiy zarar yetgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar IIOFMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring