“Al-Nasr” yana yetakchiga aylanib oldi
28-fevral kuni Saudi Pro League 24-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan uchrashuvda “Al-Fayha” oʻz maydonida “Al-Nasr”ni qabul qildi.
Uchrashuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gʻoliblar safida gollarga Sadio Mane va Abdulloh Al-Hamdan mualliflik qildi. Yana bir gol avtogol sifatida “Al-Fayha” posboni Orlando Moskera hisobida qayd etildi.
Mezbonlarning yagona javob goli ham avtogol natijasida kiritildi — bu safar “Al-Nasr” himoyachisi Abdulayelah Al-Amri oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi.
“Al-Nasr” yetakchisi Krishtianu Ronaldu esa 81-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi.
Ushbu gʻalabadan soʻng “Al-Nasr” ochkolari sonini 61 taga yetkazib, musobaqa turnir jadvalida yana birinchi oʻringa koʻtarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring