“Al-Nasr” yirik hisobda gʻalabaga erishdi

06:15 26 Fevral 2026 Sport
151 0

Kecha, 25-fevral kuni Saudiya Arabistoni Professional ligasining 10-turidan qoldirilgan oʻyin boʻlib oʻtdi. Unda “Al-Nasr” klubi mehmonda “Al-Najma” klubi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 5:0 hisobida “ar-riyodliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisob 7-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan ochildi. 31-daqiqada Kingsli Koman jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

42-daqiqada esa Inigo Martines hisobni yiriklashtirdi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 53-daqiqasida Sadio Mane hisobni 4:0 koʻrinishiga keltirdi. 80-daqiqada esa Martines oʻyindagi ikkinchi, jamoasining beshinchi golini kiritdi. Shu tariqa bahs 5:0 hisobida “Al-Nasr”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Ushbu gʻalaba evaziga klub musobaqa turnir jadvalida birinchi oʻringa koʻtarilib oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?