Aktrisa va model Durdona Qurbonovaning rasmlaridan firibgarlik yoʻlida foydalanilayotgani aniqlandi

Firibgarlar “Photoshop” dasturi orqali aktrisa va model Durdona Qurbonovaning suratlarini oʻzgartirib, “Mashhur bloger har kuni Oʻzbekistondagi oilalarga yordam dasturini ishga tushirdi” mazmunidagi soxta xabarlarni tarqatishayotgani aniqlandi. Qayd etilishicha, ushbu maʼlumotlar toʻliq yolgʻon boʻlib, haqiqatga umuman mos kelmaydi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Aytish kerakki, ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlik holatlari tobora koʻpayib bormoqda. Ayniqsa, mashhur insonlarning foto va videolariga ishlov berib, soxta xabarlar tarqatish holatlari kuzatilyapti.
Fuqarolardan bunday xabarlarga ishonmaslik, tekshirilmagan manbalardan olingan maʼlumotlarni tarqatmaslik soʻraladi, deyiladi xabarda.
Shuningdek, IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi fuqarolardan, agar yolgʻon maʼlumotlar sabab firibgarlar qoʻliga pul yoki shaxsiy maʼlumotlarini topshirgan boʻlsa, zudlik bilan huquq-tartibot organlariga murojaat qilishlarini soʻragan. Bunday holatlarga duch kelganlar 102 yoki 1102 qisqa raqamlariga qoʻngʻiroq qilishlari mumkin.
Firibgarlikka qarshi kurashish uchun har bir fuqaro ogoh va diqqatli boʻlishi lozim. Tekshirilmagan xabarlarga ishonmaslik va ishonchli manbalar orqali axborot olish juda muhim!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring