"Afrosiyob”ning yangi poyezdi Ispaniyadan Toshkentga yetib keldi
Joriy yil iyul oyi boshida Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.U." kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Afrosiyob”ning yangi poyezdi Ispaniyaning Bilbao shahridan Toshkentga joʻnatildi.
Dastlab, yangi poyezd maxsus yuk kemada 4000 km masofani bosib oʻtib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetkazildi. U yerda harakat tarkibining barcha vagon va lokomotivlari yigʻilib, yaxlit holatga keltirilganidan soʻng, 20-iyul kuni temir yoʻl orqali Oʻzbekistonga joʻnatildi. Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasi hududlaridan yana 4200 km masofani bosib oʻtib, nihoyat 24-iyul kuni kechki payt Toshkentga yetkazildi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu rusumdagi poyezd Oʻzbekistonda beshinchi boʻlib hisoblanmoqda. Joriy yil yakuniga qadar yana bitta shu turdagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd keltiriladi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi rivojlangan yuqori tezlikdagi temir yoʻl infratuzilmasiga ega boʻlgan 20 dunyo mamlakatlari roʻyxatidan oʻrin olgan boʻlib, dunyoning yuqori tezlikdagi poyezdlari reytingi (Global High-Speed Train Rankingg)ga kiritilgan Markaziy Osiyoning yagona mamlakati hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring