Afrikada Jahon chempionati saralashi yakunlandi

Kecha, 14-oktyabr kuni Afrika mintaqasida Jahon chempionati saralashining soʻnggi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, Senegal va Kot-dʼIvuar terma jamoalari Jahon chempionati masalasini ijobiy hal etdi.
Saralashning “B” guruhi doirasida ishtirok etgan Senegal terma jamoasi soʻnggi turni oʻz maydonida Mavritaniya termasiga qarshi oʻtkazdi. Oʻyin 4:0 hisobida maydon egalari gʻalabasi bilan yakunlandi.
Ushbu gʻalaba evaziga Senegal terma jamoasi 24 ochko toʻplab, guruhdagi asosiy raqibi Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasidan 2 ochkoga oʻtib ketdi va mundial masalasini ijobiy hal qildi.
Kot-dʼIvuar terma jamoasi esa saralashning “F” guruhida ishtirok etdi. Jamoa soʻnggi turda oʻz maydonida Keniya terma jamoasini 3:0 hisobi bilan magʻlub etdi.
Ushbu gʻalaba evaziga Didye Drogbaning vatandoshlari guruhdagi asosiy raqibi Gabon termasidan 1 ochkoga ilgarilab ketdilar va Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdilar.
Maʼlumot uchun, oldinroq Afrikadan Misr, Jazoir, Tunis, Marokash, Janubiy Afrika Respublikasi, Gana va Kabo-Verde terma jamoalari mundialga yoʻl olgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring