Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi
Illyustrativ foto
2025–2026-oʻquv yili uchun oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar qildi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
Shu bilan birga, shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JSHSHIR raqamini kiritgan holda ham ruxsatnomani olishlari mumkin.
Abituriyentlar test sinoviga pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hamda professional taʼlim muassasalariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish 25-iyun kuni yakunlangandi. 2025/26-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etgan.
Avvalroq Avstriyaning Vena amaliy sanʼat universitetida sunʼiy intellekt talaba maqomini olgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
- Abdulaziz Komilov Boku forumida Yevroosiyoning yangi transport-logistika xaritasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surdi
- Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring