Abduqodir Husanov Angliya liga kubogi sohibi

09:53 23 Mart 2026 Sport
403 0

Kecha, 22-mart kuni Angliya liga kubogi musobaqasining final oʻyini boʻlib oʻtdi. “Uembli” stadionida kechgan bahsda “Arsenal” klubi “Manchester Siti” bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 2:0 hisobida “shaharliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Oʻyinning birinchi boʻlimi keskin kurashlar ostida kechdi. “Arsenal”da 5 ta, “Manchester Siti”da 3 ta gol urish uchun qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo, dastlabki boʻlimda hisob ochilmadi.

Ikkinchi boʻlimda oʻyin qahramoni Niko OʼReylli katta sahnaga chiqdi. Futbolchi 60 va 64-daqiqalarda 2 ta gol kiritdi va oʻyin taqdirini hal qildi.

Shu tariqa final “Manchester Siti”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda toʻliq harakat qilgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov klubdagi faoliyati davomidagi dastlabki sovrinini yutdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?