8-aprel kuni ob-havo qanday boʻladi?

18:14 07 Aprel 2020 Jamiyat
3494 0

arxiv foto

Gidrometeorologiya xizmati karmazi ertaga, 8-aprel kuni Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 6-8 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, biroz yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 sovuq -2, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻ xududlarida (1800 m dan yuqorida) qor qoʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер