5 ta gol urilgan oʻyinda “Nasaf” magʻlub boʻldi

Osiyo Elit chempionlar ligasi musobaqasining 3-tur oʻyinlari ortda qoldi. Kecha, 21-oktyabr kuni tur doirasidan oʻrin olgan bahsda Qarshining “Nasaf” klubi Dubayda “Shabab Al-Ahli” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvda hisob 8-daqiqada Federiko Kartabia tomonidan ochildi. Oradan 2 daqiqa vaqt oʻtib, Zafarmurod Abdurahmatov hisobni tenglashtirdi.
27-daqiqada “dubayliklar”ning braziliyalik futbolchisi Renan jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Taym soʻnggida Mateusao hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirdi.
Ikkinchi boʻlimda kerakli natijani hal etib boʻlgan mezbonlar biroz erkinroq oʻynadi. 90+5-daqiqada Breno Kaskardo jamoasining soʻnggi golini kiritdi. Yakuniy hisob — 1:4, “Shabab Al-Ahli” foydasiga.
“Shabab Al-Ahli” – Nasaf 4:1
Gollar: Federiko Kartabia (9), Renan Viktor (27), Lima (41) – Zafarmurod Abdurahmatov (10).
“Shabab Al-Ahli”: 22. Hamad Abdulla, 4. Bogdan Planich, 6. Said Izzatullohi, 9. Munas Dabbur, 10. Federiko Kartabia, 13. Renan Viktor, 19. Lima (80. Breno Kaskardo Lemos, 71), 23. Mersad Seifi (25. Igor Gomes, 71), 75. Mateus Silva (31. Kavan Silva, 71), 77. Bala, 88. Nemanya Maksimovich.
“Nasaf”: 1. Oleksandr Vorobey, 2. Alibek Davronov, 7. Adenis Shala (18. Husayn Norchayev, 62), 8. Zafarmurod Abdurahmatov (Diyorbek Abdunazarov, 80), 10. Dragan Cheran, 14. Sharof Muhitdinov (77. Oybek Bozorov, 46), 22. Igor Golban (9. Javohir Sidiqov, 62), 24. Sardorbek Bahromov, 28. Shuxrat Muhammadiyev (19. Stefan Cholovich, 46), 34. Sherzod Nasrullayev, 92. Umarbek Eshmurodov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring