5-mart kuni ayrim joylarda -3 darajagacha sovuq boʻladi

22:38 04 Mart 2026 Jamiyat
428 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 5-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 6-8 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Ustyurtda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) ayrim joylarda kuchli boʻladi, tuman tushishi mumkin. Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?