3 ta viloyatning DSB rahbarlari almashdi

13:17 18 Mart 2020 Jamiyat
1442 0

Fotо: Давлат солиқ қўмитаси матбуот хизмати

Jizzax, Fargʻona va Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmalari rahbarlari oʻzgardi. Bu haqda DSQ rasmiy saytida xabar berildi.

Jumladan, Nasimjonov Yunusjon Zohidovich Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. U 1967-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Fargʻona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nisbatxonov Shukurulloxon XolmatxonovichFargʻona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimini egalladi. Shukurulloxon Nisbatxonov 1969-yil Fargʻona viloyatida tugʻilgan, yangi lavozimiga tayinlangunga qadar Fargʻona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Raimov Ravshan IsakdjanovichToshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi boʻldi. Ravshan Raimov 1976-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining yangi tayinlangan boshligʻi bundan avval Toshkent shahar Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?