Zoʻravonlik boʻyicha “oʻtirib chiqqan” futbolchi endi “Dinamo”da oʻynaydi
Samarqandning “Dinamo” klubi ganalik markaziy yarim himoyachi Kingsli Sarfoni oʻz safiga qoʻshib olganini eʼlon qildi. Bu haqda klub oʻzining rasmiy sahifasida maʼlumot berdi.
“Ganalik 30 yoshli yarimhimoyachi Kingsli Sarfo “Dinamo” PFK bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi. Markaziy yarim himoyachi soʻnggi toʻrt yilda Kiprning APOEL klubi sharafini himoya qilgan boʻlsa, undan oldin “Nikosiya”, Shvetsiyaning “Malmyo” va “Sirius” jamoalari sharafini ham himoya qilgan. U YChL, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi saralash hamda asosiy bosqichlarida ham maydonga tushgan”, deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
Maʼlumot uchun, Sarfo 2018-yilning 8-iyun sanasida jinsiy zoʻravonlikda ayblanib, 32 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan. Lekin futbolchi namunali xulqi uchun muddatidan oldinroq ozodlikka chiqarilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring