Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida kuzatilgan suv toshqinlaridan jabrlanganlar orasida oʻzbekistonliklar yoʻq – TIV
Indoneziya, Tailand va Shri-Lankada kuzatilgan kuchli yogʻingarchilik hamda suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar yoki jarohat olganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burxonov.
“Indoneziya, Tailand va Shri-Lankada kuzatilgan kuchli yogʻingarchilik hamda suv toshqinlari oqibatida koʻplab insonlarning halok boʻlgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik. Marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Jarohat olganlarning tez fursatda sogʻayib ketishlarini tilaymiz”, — deyiladi TIV vakili xabarida.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatik vakolatxonalari yuzaga kelgan favqulodda vaziyat boʻyicha mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqa oʻrnatgan. Hozirgi vaqtga qadar halok boʻlganlar, bedarak yoʻqolganlar yoki jarohat olganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligi maʼlum qilingan. Vaziyat TIV va xorijdagi tegishli vakolatxonalarimiz tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Burxonov, shuningdek, zarurat yuzaga kelganda yordamga muhtoj fuqarolar quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkinligini bildirdi.
Oʻzbekistonning Indoneziyadagi Elchixonasi:
- +62 811 10 67 73 29;
- embassyuzbekistan@gmail.com.
Oʻzbekistonning Pokistondagi Elchixonasi (Shri-Lankadagi fuqarolarimiz uchun):
- +92 51 226 47 46;
- +92 3000 340 144.
Oʻzbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulligi:
- +66-2 675-3995;
- +66-2 675-3996.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Indoneziya, Tailand, Vyetnam, Malayziya va Shri-Lankada sodir boʻlgan suv toshqinlari va koʻchkilar kamida 326 kishining hayotiga zomin boʻlgani haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring