Yoshlar parlamenti aʼzolari “Konstitutsiya – yoshlar nigohida” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazdi

20:42 02 Dekabr 2025 Siyosat
112 0

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari Toshkent xalqaro universiteti talabalari bilan “Konstitutsiya — yoshlar nigohida” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazdi.

Tadbir davomida yurisprudensiya yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati hamda undagi asosiy oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Seminar tarzida oʻtkazilgan muloqotda Konstitutsiya davlatning Asosiy qonuni sifatida shaxs, jamiyat va davlat oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solishi taʼkidlandi.

Muloqot chogʻida yangi tahrirdagi Konstitutsiya inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik, tenglik va taraqqiyot tamoyillariga asoslangan adolatli davlat qurish uchun mustahkam huquqiy asos yaratib bergani alohida qayd etildi.

Uchrashuvda taʼlim va ilm-fan sohasiga oid konstitutsiyaviy yangiliklar, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini rivojlantirish, akademik erkinlik, inklyuziv taʼlim masalalari ham muhokama qilindi.

Talabalarga Yoshlar parlamenti faoliyati, uning maqsad va vazifalari hamda yoshlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish borasidagi tashabbuslari haqida ham maʼlumot berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?