«Yoshlar ovozi» tanlovining gʻoliblari Boʻzatov festivalida qatnashadi

11:56 19 Aprel 2024 Madaniyat
302 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Botir MADIYOROV/«Xalq soʻzi». Аyni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida isteʼdodli yigit-qizlarni aniqlashga qaratilgan «Yoshlar ovozi» tanlovining hududiy bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.

Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 16-fevraldagi majlisi bayoniga koʻra, yangi avlodning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida 15-30-aprel kunlari yurtimiz boʻylab «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida «Yoshlar ovozi» tanlovi oʻtkazilyapti. Tanlovda ishtirokchilar maqom, baxshichilik, anʼanaviy ijro, opera va estrada yoʻnalishlari boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etishmoqda.

17-18-aprel kunlari Fargʻona shahrida tanlovning viloyat bosqichi tashkil etildi. Unda 5 ta yoʻnalish boʻyicha gʻolib boʻlgan yigit-qizlar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

— Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2021-yili taʼsis etilgan ushbu tanlovning yakuniy bosqichida qatnashish orzuim edi, — deydi baxshichilik yoʻnalishi gʻolibi Gulruxsor Joʻrayeva. — Bu yil Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov tumanida boʻlib oʻtadigan tanlovning respublika bosqichida oʻz isteʼdodimni namoyon etish imkoniga ega boʻlganimdan mamnunman.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?