“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi orqali sayyohlar oqimi oshiriladi
“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Hukumat qarori (6-son, 09.01.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, 2026-yil yakunigacha Turizm qoʻmitasi tomonidan Malayziya va Indoneziyadan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi (Dastur) asosida sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun 100 AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.
2026-yil 15-yanvardan:
- Malayziya va Indoneziyada Dastur boʻyicha kuchaytirilgan targʻibot kampaniyasi amalga oshiriladi;
- turoperator (turagent)lar tomonidan Milliy turizm yagona platformasi orqali Dastur boʻyicha shakllantirilgan turistik dasturining onlayn sotuvi yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, dasturni amalga oshirish uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida oʻquv-amaliyot laboratoriyasi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Malayziya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida “Turizm va mehmondoʻstlik” taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring