Uch viloyatda jami 12 ta AYQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
Toshkent viloyatida 3 ta, Qashqadaryo viloyatida 4 ta, Namangan viloyatida esa 5 ta AYQShda sifatsiz avtobenzin sotilish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aholini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan “Oʻzenergoinspeksiya”, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va Raqobatni rivojlantirish va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamkorligida hududlardagi AYQShlarda nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyatida joylashgan “D.K.L.”, “B.O.” va “N.G.O.” MChJlarga qarashli 3 ta avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-markali benzin sifatsiz ekani maʼlum boʻlgan.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 4 ta AYOQSHda yuqoridagi kabi qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, Qarshi tumani Rovot MFYdagi “K.A.O.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi fosh boʻlgan.
Bu kabi holat Nishon tumanidagi “G.T.G.S.” MChJ hamda Qarshi shahri va tumanidagi “X-S.G.” MChJ hamda “N.P.” va “M.S.G.” xususiy korxonalariga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-80-markali avtobenzin sifatsiz ekani maʼlum boʻlgan.
Bundan tashqari Namangan viloyatidagi 5 ta AYQShda sifatsiz avtobenzin sotilgan.
Xususan, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “O.Y.S.” MChJ, Mingbuloq tumanidagi “G.B.O.S.” MChJ va Namangan shahridagi “K.N” MChJ hamda Yangi Namangan tumanidagi “B.Y.M.” va “I.R.G” MChJlarga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan yuqorida nomi keltirilgan barcha AYQShlarda birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring