Trampning Gʻazo nazorati haqidagi soʻzlari kulgili va absurd — HAMAS vakili
Foto: Global Look Press
AQSH prezidenti Donald Trampning Gʻazo sektori ustidan nazorat oʻrnatish haqidagi bayonotlari kulgili va absurddir. Bu fikrni Falastinning XAMAS harakatining rasmiy vakili Sami Abu Zuhriy “Reuters” agentligi bilan suhbatda aytib oʻtdi.
“Trampning Gʻazoni nazorat qilish istagi haqidagi bayonotlari kulgili va absurd va bu kabi har qanday gʻoyalar mintaqani alangalatishga qodir”, — deydi u.
Shu yilning 5-fevral kuni Tramp Gʻazo sektoridagi falastinliklarni qoʻshni davlatlarga koʻchirib oʻtkazgach, nazoratni oʻz qoʻliga olish rejasini eʼlon qildi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan oʻtkazgan matbuot anjumanida u AQSH mintaqani qayta qurish va ish oʻrinlari yaratish, shuningdek, portlamagan oʻq-dorilar va boshqa qurollar tahdidini bartaraf etish uchun masʼul boʻlishini vaʼda qildi.
Trampning rejalari arab yetakchilari va HAMAS tomonidan qoralangan, ular Oq uy rahbarining takliflarini “quvib chiqarish” deb atagan. Oʻz navbatida, Netanyahu AQSH prezidentini qoʻllab-quvvatlab, u qoliplardan tashqarida oʻylashini va yangi gʻoyalarni taklif qilishini aytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring