Tramp Saudiya Arabistoniga keldi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan keldi va Yaqin Sharq boʻylab toʻrt kunlik safarini boshladi. Bu haqda “Al Arabiya” telekanali xabar berdi.
Bu uning qayta saylanganidan keyin amalga oshirgan birinchi xorijiy safari hisoblanadi.
“Tramp seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoniga Fors koʻrfazi mintaqasi boʻylab toʻrt kunlik safarini boshlash uchun yetib keldi”, — deyiladi xabarda.
Telekanal xabariga koʻra, tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.
Safarning asosiy mavzusi biznes masalalari boʻlishi avvalroq maʼlum qilingandi. Tramp AQSHga bir trillion dollarga yaqin shartnomalar va sarmoyaviy majburiyatlar bilan qaytish niyatida.
Avvalroq, AQSH rahbari 13-16-may kunlari Yaqin Sharq boʻylab safarga chiqishi va Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurishi maʼlum boʻlgandi.
Eslatib oʻtamiz, Tramp oʻzining avvalgi prezidentlik muddatidagi ilk xorijiy safarni ham Saudiya Arabistoniga amalga oshirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring