Toshkent viloyatida bogʻcha bolalarining ommaviy zaharlanishi boʻyicha sud boshlandi
Illyustrativ foto
Bugun, 13-mart kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Boʻka tuman sudida 2025-yil sentyabr oyida Bekobod, Boʻka, Oqqoʻrgʻon, Piskent va Quyichirchiq tumanlarida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining zaharlanish holatlariga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar qildi.
Bildirilishicha, 11 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) 4-qismi “b” bandi va 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Qayd etilishicha, cudlanuvchilarning 10 nafariga “qamoqqa olish”, 1 nafariga esa “uy qamogʻi” tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.
“Sud jarayoni yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, deb yozadi Aziz Abidov.
Bogʻcha bolalarining ommaviy zaharlanishi
2025-yilning 24-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Boʻka tumanlaridagi bir necha maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari salomatligida oʻzgarish boʻlgani sababli tibbiyot birlashmalarining yuqumli kasalliklar boʻlimiga murojaat qilingan.
Dastlabki tibbiy koʻriklar xulosasi asosida bemor bolalarga “Oshqozon ichak faoliyatining oʻtkir funksional buzilishi, ovqat toksikinfeksiyasi” tashxisi qoʻyilib, zaruriy muolajalar amalga oshirilgan hamda shu kunning oʻzida aksariyat bolalarning sogʻligʻi yaxshilangani tufayli uylariga javob berib yuborilgan. Ogʻir ahvoldagi bemorlar aniqlanmagan.
Mazkur vaziyat darhol MMTV tomonidan nazoratga olinib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda oʻrganish ishlari boshlangan.
Taxminlarga koʻra, bolalar sogʻligʻidagi oʻzgarishlarga sifatsiz sut mahsulotlari sabab boʻlgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga shu kuni olib kelingan 3,2 foizli kefir mahsuloti Oqqoʻrgʻon tumanidagi sexlarning birida ishlab chiqarilgani aniqlangan.
Ushbu holat ortidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari boshlandi.
Joriy yilning 10-fevral kuni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan ayblov xulosasi tasdiqlanib, Jinoyat-protsessual kodeksining 388-moddasiga (jinoyat ishini sudga yuborish) asosan tegishli sudlovga yuborilgan.
Holat yuzasidan MCHJ direktorlari va xodimlariga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Boʻka tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan. Shundan soʻng,
- R. O. (erkak, 1985-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MCHJ direktori);
- S. S. (erkak, 1985-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MCHJ taʼsischisi va sotuv boʻlimi menejeri);
- F. O. (erkak, 1990-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MCHJ taʼsischisi va direktori oʻrinbosari);
- A. S. (erkak, 1987-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MCHJ bosh texnologi);
- R. X. (erkak, 1982-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MCHJ texnologi);
- M. N. (erkak, 1991-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MCHJ texnologi yordamchisi);
- J. X. (erkak, 1993-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, “Governess Business” MCHJ direktori);
- F. D. (erkak, 1993-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Kinder Garden Group” MCHJ direktori);
- I. S. (erkak, 2000-yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan, “Innavation Outsourcing Servise” MCHJ direktori);
- B. R. (erkak, 1992-yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan, “Nishon invest” MCHJ direktori);
- D. Q. (ayol, 1997-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MCHJ laboranti)ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Boʻka tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur 11 shaxs Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) 4-qismi “b” bandi va 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring