Toshkent va Namangan viloyatlarida “svet”dan noqonuniy foydalanish holatlari fosh qilindi

18:55 06 Sentyabr 2024 Iqtisodiyot
467 0

Foto: Prokuratura departamenti

Ohangaron shahri va Namangan tumanida elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda fuqaro F.J. Birlik MFY hududidagi xonadonda qogʻoz hamda plastmassa buyumlarini sotish faoliyati bilan shugʻullanib kelib, elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 290,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Namangan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Ibrat MFY hududidagi noturar qurilish obyektida fuqarolar D.A. va A.A. elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, kompyuter xizmati koʻrsatish faoliyatini yoʻlga qoʻyib, jami 138,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?