Toshkent metrosida begona qizga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak qamaldi
Foto: Yandex
Toshkent metrosida qizning belidan pastini ushlab, shilqimlik qilgan erkak qamaldi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokir Qoʻziboyev maʼlum qildi.
Sud hujjatlarida keltirilishicha, joriy yilning 26-iyul kuni M.T ismli shaxs metroning “Amir Temur” bekati elektropoyezdi ichida Z.S.ni belidan past qismini ushlab, unga shahvoniy shilqimlik qilganlikda ayblangan.
Huquqbuzar M.T. sud majlisida oʻz aybiga iqrorligini, jabrlanuvchi Z.S.ning belidan past qismiga qoʻli ketib qolganligini, biroq bu kabi harakatni qasddan qilmaganini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni soʻragan.
M.T Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring