Surxondaryoda hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qoʻlga olindi
Foto: Illustrativ surat
Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan shaxslarga noqonuniy ravishda diniy taʼlim berib kelgan yigit qoʻlga olindi. Bu holat mamlakat miqyosida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng koʻlamli profilaktik tadbirlari doirasida aniqlandi.
Ichki ishlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida 2000-yilda tugʻilgan fuqaro Boysun tumanidagi Darband mahallasida vaqtincha yashab kelayotgan xonadonida 2025-yil mart oyidan shu kunga qadar 9 nafar shaxsga moddiy manfaat evaziga hujra sharoitida diniy saboq bergani maʼlum boʻldi.
Achinarlisi, ushbu shaxs taʼlim jarayonida bolalarga nisbatan qoʻpol muomalada boʻlib, ularni ayovsiz kaltaklagan. Voyaga yetmaganlar olgan tan jarohatlarining ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Bolalarning ota-onalariga nisbatan esa Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi asosida huquqiy choralar koʻrilmoqda.
Hozirda yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring