Sirdaryoda qariyb 50 ming dollarni “maydalab” berayotgan shaxslar qoʻlga tushdi

17:15 03 Mart 2026 Jamiyat
431 0

Sirdaryo viloyatida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tumani boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar Sh.A. va A.R. oʻzaro til biriktirib, fuqaro M.X.ga 49 ming AQSH dollarini 595,8 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?