Silk Avia jamoasi xayriya yugurishida ishtirok etdi

09:40 29 Avgust 2023 Jamiyat
553 0

26-avgust kuni Buxoroda “Samarqand marafoni” xayriya poygalari turkumiga kiruvchi “Bukhara Night Race” xalqaro tungi poygasi boʻlib oʻtdi. 2023-yilgi missiya bolalar sport maydonchalari qurilishiga hissa qo‘shish edi.

Poyganing rasmiy logistik hamkoriga aylangan Silk Avia aviakompaniyasi jamoasi 5 km masofaga poygada ishtirok etdi. Shuningdek, hamkorlik doirasida Silk Avia tadbir ishtirokchilari va mehmonlari uchun Toshkent — Buxoro, Buxoro — Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha reyslarni amalga oshirdi.

Musobaqada jami 20 ta davlat — O‘zbekiston, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Ispaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan 1600 dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Ishtirokchilar 10 va 5 kilometr masofalarga, shuningdek, skandinavcha yurish va bolalar yugurishlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?