Shveysariyaning Syon shahrida ikkita otishma sodir boʻldi. Qurbonlar bor

15:21 11 Dekabr 2023 Dunyo
570 0

Arxiv surat

Shveysariyaning Syon shahrida dushanba kuni ertalab sodir boʻlgan ikkita otishmada ikki kishi halok boʻldi va bir kishi yaralandi.

Vale kantoni politsiyasi saytida eʼlon qilingan bayonotga koʻra, otishmani sodir etgan shaxs hozircha qoʻlga olinmagan va u buni nima maqsadda amalga oshirgani nomaʼlum.

“Dushanba kuni ertalab soat 08.00 dan oldinroq, hozircha nomaʼlum sabablarga koʻra Syonda nomaʼlum shaxs bir necha kishiga qarata oʻt ochgan. Oqibatda ikki kishi halok boʻldi, yana biri yaralandi. Vale kantoni politsiyasi zudlik bilan oʻq otgan shaxsni qoʻlga olish choralarini koʻrdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, jinoyatchi oʻz qurbonlari bilan tanish boʻlgan”, — deyiladi bayonotda.

Mahalliy “ArcInfo” gazetasining yozishicha, otishmalardan biri boʻyoqchilik korxonasida sodir etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?