Shavkat Mirziyoyev marhum kichik serjant Xosilbek Eshnazarovni “Jasorat” medali bilan mukofotladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi fidokorona mehnati, yurtimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini saqlash, yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, muqaddas qasamyodiga sodiq qolgan holda oʻz burchini sidqidildan va yuksak sharaf bilan ado etib, mardlik va fidoyilik namunasini koʻrsatgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori, marhum kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar oʻgʻli “Jasorat” medali bilan mukofotlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring