Sharifa Davronova – Osiyoning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi!
Yengil atletikaning uch hatlab sakrash yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo va jahon chempioni, Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlari gʻolibi Sharifa Davronova Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi” deb topildi.
Bugun Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi oʻrinbosari Andrey Abduvaliyev ushbu sovrinni atletimizga topshirdi.
Andrey Abduvaliyev sportchini taqdirlar ekan, unga kelgusi musobaqalarda omad tiladi. Xususan, joriy yil Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlarida ham barcha undan oltin medal kutayotganini qoʻshimcha qildi. Oʻz navbatida, Sh.Davronova kelgusida kattalar oʻrtasida ham yil sportchisi boʻlish uchun astoydil harakat qilishini bildirdi.
Maʼlumot uchun, joriy yil hisobidan Osiyo miqyosida yoshlar oʻrtasida oʻtadigan musobaqalar yakuniga yetdi. Davronova 2023-yil poytaxtimiz mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida 13.99 metr natija qayd etgan. Bu yil davomida nafaqat qitʼa, balki jahon miqyosida yoshlar toifasidagi eng yuqori koʻrsatkich boʻlib turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring