Senatorlar Navoiyda yoshlar bilan uchrashdi

09:55 02 Dekabr 2025 Siyosat
119 0

Joriy yilning 28-noyabr kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining bir guruh aʼzolarining yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

Ushbu uchrashuvda Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Q.Tursunov, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzosi Q.Sanaqulov, Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi A.Tumishova, Yoshlar parlamenti aʼzolari, viloyatdagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yoshlar hamda oliy taʼlim muassasasi talabalari qatnashdi.

Senatorlar yoshlar masalasi mamlakatimizda ustuvor yoʻnalishlardan biri ekanini taʼkidlab, Navoiy viloyatida yoshlar uchun yaratilayotgan oʻquv-ilmiy sharoitlar, grant va stipendiyalar tizimi, mahalliy loyihalar doirasidagi yangi tashabbuslar haqida batafsil maʼlumot berishdi.

Tadbir davomida senatorlar tomonidan yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Shuningdek, yoshlar ham oʻzlarining takliflarini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?