SamDU dunyo reytingida “TOP-20”likka kirgan universitet bilan hamkorlikni yoʻl qoʻydi

Foto: Shavkat AKRAMOV
Samarqand davlat universiteti (SamDU)ga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin universiteti Farmatsevtika fanlari instituti professori, akademik Zang Qiang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
SamDU Axborot xizmati xabariga koʻra, tashrifdan asosiy maqsad universitet olimlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, laboratoriyalar faoliyati, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar bilan tanishishdir.
Muloqotda SamDU Biokimyo instituti tadqiqotchilari Pekin universiteti professor-oʻqituvchilari rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borish, SamDU da organik sintez, bioorganik kimyo, biokimyo, farmatsevtika va tibbiy kimyo yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan Pekin universiteti farmatsevtika fanlari institutining ilmiy maktabini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikda dunyodagi eng nufuzli “Science” va “Nature” jurnallarida ilmiy maqolalar chop etish, dolzarb mavzudagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishildi. Mazkur loyiha Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida fotonika va optik kommunikatsiyalar yoʻnalishida magistrlik dasturlarini yaratish, oʻquv laboratoriyalarini jihozlash hamda oʻqituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan.
Muzokaralarning keyingi bosqichi Pekin universitetida oʻtkaziladigan boʻldi.
Maʼlumot uchun, Pekin universiteti Farmatsevtika fanlari instituti jahon reytingda 13-, Xitoyda esa 1-oʻrindan joy olgan. Aytish joizki, 2015-yil oktyabr oyida Pekin universiteti professori Yuyu Tu artemizinin dori vositasi kashfiyoti uchun fiziologiya va tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
- “Liverpul” yulduzi Diogo Jota avtohalokatda vafot etdi. U yaqindagina oila qurgandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring