Samarqandda yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Keyingi yillarda Davlatimiz tomonidan taʼlim tizimiga katta eʼtibor berilmoqda. Har yili yangi-yangi oliy taʼlim muassasalari tashkil etilib, mavjudlarining moddiy texnika bazasi mustahkamlanyapti.
Bugungi kunda birgina Samarqand viloyatida 13 ta davlat oliy taʼlim muassasasi faoliyat yuritayotgan boʻlsa, qator xususiy oliy taʼlim dargohlari ham oʻz faoliyatini olib bormoqda.
Oʻqituvchi va talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutining 2000 oʻringa moʻljallangan 7 qavatli yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda viloyat hokimligi, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Mazkur oʻquv binosining umumiy loyiha qiymati 74 milliard 287 million soʻmni tashkil etadi.
Yangi binoda 3 ta fakultet talabalari tahsil oladi. Binoda 1000 oʻringa ega boʻlgan 85 ta oʻquv xonasi, 300 oʻrinli mustaqil taʼlim xonasi, 320 oʻrinli faollari zali, Axborot-resurs markazi, 2 ta sinxron tarjima amaliyoti xonasi, muzey, “Registrator ofisi”, konferensiyalar zali hamda 5 ta sport va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga moʻljallangan xonalar joylashgan.
Endi talabalar yangi, zamonaviy va shinam binoda yangi oʻquv yilini davom ettirishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring