Saida Mirziyoyeva “Qozon Kremli” muzey-qoʻriqxonasidagi “Olamlar orasidagi nur” koʻrgazmasini tomosha qildi

19:35 02 Dekabr 2025 Siyosat
165 0

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Rossiyadagi “Qozon Kremli” muzey-qoʻriqxonasida kecha 1-dekabr kuni ochilgan “Olamlar orasidagi nur” koʻrgazmasiga tashrif buyurdi. Unda “Yangi Quddus” muzeyi va I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat sanʼat muzeyi toʻplamlari birlashgan.

Oʻzbekiston mazkur ekspozitsiyaga rus avangardi ustalari — Solomon Nikritin, Aleksandr Shevchenko, Vasiliy Chekrigin, Sergey Romanovich, Mixail Sokolov, Robert Falk va boshqalarning 70 ta asarini taqdim etgan.

“Qozon Kremli” YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Sharq va Gʻarb meʼmorchilik anʼanalari uygʻunlashgan noyob maskandir.

Saida Mirziyoyeva, shuningdek, Tatar davlat akademik teatrida Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri hamrohligida “Richter Trio” tomonidan ijro etilgan “Sands of Time” konsertini tomosha qildi.

Prezident administratsiyasi rahbari “Olamlar orasidagi nur” koʻrgazmasi doirasida maestro Alibek Kabdurahmonov rahbarligidagi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri hamrohligida “Richter Trio” tomonidan ijro etilgan “Sands of Time” konsertini tomosha qilgan. Konsert Gʻaliasqar Kamol nomidagi Tatar davlat akademik teatri sahnasida oʻtkazildi.

“Ushbu dastur boy tarixga ega: uning premyerasi 2023-yilda Berlinda boʻlib oʻtgan, keyinchalik Toshkent, London, Parij va Tokioda namoyish etilgan.

Bu maftunkor musiqa Tataristonning eng muhim madaniy markazlaridan birida yangraganidan xursandman”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?