Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan bolalar Oʻzbekistonga qaytarildi
Rossiyaning turli hududlarida ota-ona qarovisiz yoki ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bir guruh oʻzbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 9–16-oktyabr kunlari ishchi guruh tomonidan Sankt-Peterburg, Chelyabinsk va Moskvada aniqlangan 16 nafar voyaga yetmagan Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Mutasaddi vazirlik va idoralar xodimlari bolalarning shaxsiga oid maʼlumotlarni aniqladi, ularni vatanga qaytarish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirdi, tibbiy koʻrikdan oʻtkazdi hamda boshqa masalalarni hal qildi. Kerakli tartib-taomillar yakunlangach, barcha bolalar Toshkentga olib kelingan.
Bundan tashqari, ishchi guruhning yaqinda olib borgan ishlari natijasida Yekaterinburg, Volgograd, Ufa, Nijniy Novgorod, Xakasiya, Moskva viloyati, Maxachqala va Novosibirsk shaharlarida ota-onasi qaramogʻisiz qolgan yana 19 nafar bola ham vatanga qaytarildi. Ular uchun ham zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, 1-noyabr kuni Rossiyaning tegishli idoralari bilan hamkorlikda Oʻzbekistonga olib kelindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring