“Real Madrid” futbolchilarini ruhlantirish yoʻlini topdi
“Real Madrid” futbolchilari Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba qozonsa, har bir oʻyinchiga bir million yevro mukofot beriladi. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, Madrid klubi mazkur musobaqani oʻzining eng asosiy maqsadlaridan biri sifatida koʻrmoqda. Klub rahbariyati “Real” tarixda birinchi boʻlib Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibiga aylanishini juda muhim deb hisoblamoqda. Aynan shu sabab futbolchilarni maksimal ragʻbatlantirish choralari koʻrilyapti.
FIFA rasmiy maʼlumotlariga koʻra, Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati tarixdagi eng yirik mukofot jamgʻarmasiga ega boʻladi. Turnirda guruh va pley-off bosqichlari mavjud boʻlib, chempionlik uchun gʻolib klub 140 million yevro miqdorida pul mukofotini qoʻlga kiritadi. Taqqoslash uchun, Yevropa Chempionlar Ligasini yutgan jamoa esa taxminan 100 million yevro atrofida mukofot oladi.
Madridliklar ushbu turnirga katta eʼtibor qaratmoqda va final gʻalabasi uchun nafaqat klub tarixiga yangi sahifa yozish, balki moliyaviy jihatdan ham sezilarli daromad olish niyatida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring