“Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi

10:32 21 Aprel 2025 Jamiyat
1155 0

Buyuk alloma Yusuf Xos Hojib tomonidan I asrda yozilgan “Qutadg‘u bilig” dostoni madaniy merosimizning bebaho durdonalaridan biridir. Bugungi kunda ushbu asarning nodir qo‘lyozmasi raqamlashtirilishi va faksimile nusxasi tayyorlanishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xabariga ko‘ra, mazkur loyiha doirasida dostonning yozilish tarixi, tuzilishi, mazmuni va badiiy xususiyatlariga oid videorolik tayyorlanadi. Unda asarning tarixiy va adabiy ahamiyati keng yoritiladi. Shuningdek, “Qutadg‘u bilig”ning nodir nusxasidan tayyorlanadigan faksimile ekspozitsiyaga qo‘yiladi. Bu orqali tashrif buyuruvchilar asarni asl holatidagidek ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ushbu tashabbus O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan ilmiy va madaniy boyliklarni keng ommaga yetkazish yo‘lida muhim qadam sanaladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер