Qurilish korxonalarining soliq qarzdorligi 1 trillionga yaqinlashdi
“Fiskal tahlillar” portalining maʼlum qilishicha, qurilish korxonalarining soliq qarzdorligi 1 trillion soʻmga yaqinlashgan. Bu haqda portal axborot xizmati xabar qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil 1-sentyabr holatiga soliq qarzi 100 million soʻmdan yuqori qurilish korxonalari 913 ta boʻlib, ularning jami qarzi 936,6 milliard soʻmdan ortiqroq.
Qayd etilishicha, ushbu qarzdorlikdan 357,7 milliard soʻmi, yaʼni 38,2 foizi soliq qarzi eng yirik boʻlgan 10 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi koʻrsatkichlari “TOP-3”lik quyidagicha koʻrinishda:
1) Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HSI – 353 milliard soʻm;
2) Toshkent shahri – 237,9 milliard soʻm;
3) Buxoro viloyati – 67,6 milliard soʻm.
Avvalroq, modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratilishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring