Qrim sohilida uzunligi 7 kmdan oshadigan “aysberg” aniqladi
Foto: “Zapovedniy Krim”
Qora dengizning Qrim shimoli-gʻarbidagi sohillarida uzunligi 7 kilometrdan oshadigan “aysberg” aniqlandi. Bu haqda “Zapovedniy Krim” federal davlat muassasasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, sunʼiy yoʻldoshlar orqali olingan tasvirlarda davlat tabiiy qoʻriqxonasi — “Kichik fillofora maydoni” hududida zamonaviy davr uchun kam uchraydigan hodisa kuzatilgan. Uzunligi 7 kilometrdan oshadigan keng koʻlamli muz maydoni Bakal qumiga siqilib qolgan.
Mutaxassislar bu klassik muzliklardan ajralib chiqqan aysberglar emasligini taʼkidlagan. Unga koʻra, Qora dengizda kuzatilayotgan bunday “aysberglar” — toʻgʻridan-toʻgʻri dengiz ichida hosil boʻladigan, suzib yuruvchi muz qatlamlaridir.
Tushuntirilishicha, Karkinit qoʻltigʻi sayoz va quruqlik ichiga chuqur kirib borgan hudud boʻlib, oʻziga xos tabiiy “sovitkich” vazifasini oʻtaydi. Uzoq davom etgan kuchli sovuqlarda sayoz suvlarda harorat manfiy koʻrsatkichlarga tushadi va muz hosil boʻlish jarayoni boshlanadi.
Qayd etilishicha, Karkinit qoʻltigʻida muz har qishda ham hosil boʻlavermaydi, bunday katta hajmdagi muz maydonlarining paydo boʻlishi juda kam uchraydigan hodisa hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring