Qozogʻiston Oʻzbekistonga xavfli virus sabab 4,2 tonna pomidorni qaytarib yubordi
30 tonnaga yaqin pomidor kasallangani sababli ularni eksport qiluvchi mamlakatlarga, jumladan, 4,2 tonnasini Oʻzbekistonga qaytardi. Bu haqda “Tengri News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yilda Turkiston viloyatida joylashgan fitosanitariya nazorati postlari orqali 1075 ta avtomashinada jami 15 637,802 tonna pomidor mahsuloti olib kirilgan. Fitosanitariya talablari buzilgani (fitosanitariya sertifikati yoʻqligi) tufayli 29,522 tonna pomidor eksport qiluvchi davlatlarga qaytarilgan.
Mahsulotlarning yashirin kasallanganini aniqlash maqsadida boshqa davlatlardan olib kelingan pomidor, baqlajon, shirin qalampirning har bir partiyasi tegishli karantin fitosanitar ekspertizasidan oʻtkazilgan, natijada “pomidor jigarrang bujmayishi virusi” aniqlangan.
Mahsulotlar kasallangani sababli 56,1 tonna pomidor Turkmanistonga, 4,2 tonna pomidor esa Oʻzbekistonga qaytarilgan. Shuningdek, 2024-yil boshidan buyon fitosanitariya talablariga javob bermaydigan, import qilingan 497 ming 624 tonna import nazorati ostidagi mahsulotlar fitosanitariya nazorati punktlariga qaytarilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring